Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi namoyishlar vaqtida yana 10 kishi halok bo‘ldi
Erondagi norozilik namoyishlarining oxirgi kunida ro‘y bergan to‘qnashuvlar oqibatida yana 10 kishi halok bo‘ldi va qurbonlar soni 12 nafarga yetdi. Bu haqda Eron davlat televideniyesi xabarida aytilgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 31 dekabr kuni politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar vaqtida namoyishchilarning 10 nafar vakili halok bo‘ldi. Undan avvalroq, 30 dekabr kungi tartibsizliklar vaqtida ikki kishi o‘ldirilgandi.
Bundan tashqari, Eron rasmiy nashrlari mamlakat xavfsizlik kuchlari namoyishchilarning bir qancha harbiy bazalar va politsiya uchastkalariga hujumlarini to‘xtatib qolgani haqida yozmoqda. OAVning yozishicha, hujum qilgan namoyishchilar qurollangan edi.
Eronda norozilik aksiyalari o‘tgan haftaning juma kuni boshlandi. Avvaliga Mashhadda 200 kishi tuxum narxi keskin ko‘tarilishiga qarshi aksiya uyushtirgandi. Keyinroq mamlakatdagi iqtisodiy holat boshqa yirik shaharlarda ham norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi.
Namoyishchilar, mamlakatning oliy rahbari - oyatulloh Ali Xomanaiyni hokimiyatdan ag‘darishni istamoqda. Mamlakat prezidenti fuqarolarni xotirjamlikka chaqirmoqda.
Eron parlamentining Tashqi siyosat va milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Alauddin Borujyerdining aytishicha, norozilik aksiyalarini Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi tashkilotining dushmanlari tashqaridan turib qo‘llamoqda. «Namoyishchilar Islom inqilobi dushmanlari bo‘lgan tashqi kuchlar olib borgan ish mahsulidir», degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu tufayli namoyish qisqa vaqt ichida butun mamlakatni qamrab oldi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025