Jahon | 16:30 / 02.01.2018
13002
2 daqiqa o‘qiladi

Altsgeymerga qarshi kutilmagan dori vositasi aniqlandi

Foto: Fotolia

Buyuk Britaniyadagi Lankaster universiteti olimlari diabetni davolovchi preparat yoshga doir kasalliklar, shu jumladan, Altsgeymer kasalligiga qarshi kurashda qo‘llanishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqotchilar maqolasi EurekAlert saytida chop etildi. 

Tajriba DNKsida odamlarda Altsgeymer kasalligi rivoji uchun javobgar gen variantlari mavjud bo‘lgan transgen sichqonlarda o‘tkazildi. Neyrodegeneratsiyaning so‘nggi bosqichida sichqonlar organizmiga o‘sish omillari muqobillari - to‘qimalar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi birikmalarni o‘zida jamlagan uch preparat (GLP-1, GIP va glyukagon) kiritilgan. Altsgeymer kasalligida inson miyasida aynan shu birikmalarning yetishmovchiligi kuzatiladi. 

Natijalar preparatning kemiruvchilar miyasi faoliyatini yaxshilagani, shuningdek, yallig‘lanish va oksidlovchi stress darajasini kamaytirganini ko‘rsatgan, bu esa asab hujayralari halokatini to‘xtatadi. 

Meyo klinikasi va Altsgeymer kasalligi tadqiqotlari markazi olimlari jismoniy mashqlar qarish va u bilan bog‘liq miya faoliyatidagi jarayonlarni sekinlashtirishga qodirligini isbotlashdi. Ularning ta'kidlashicha, jismoniy mashqlar keksa yoshli kishilar xotirasi va boshqa kognitiv funksiyalarini yaxshilaydi, shu bilan birga, yoshga bog‘liq neyrodegenerativ kasalliklar rivojini to‘xtatadi.

Mavzuga oid