Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonda o‘zbekistonlik arxitektorlar loyihasi asosida mo‘'jaz masjid qurilmoqda
Chechenistonning Shali shahrida o‘zbekistonlik arxitektorlar loyihasi asosida 20 ming kishilik masjid barpo etilmoqda. Ushbu masjidga mahalliy aholi iltimosi bilan respublika rahbari Ramzan Qodirov nomi berilmoqchi. Yangi masjid qurilishi 2012 yil mart oyida boshlangan. Uning ochilishi 2018 yilga rejalashtirilgan. Masjid loyihasini yaratish ustida o‘zbekistonlik arxitektorlar ish olib borishgan.
Masjid baland binolar majmuasi “Shali-Siti” yaqinida joylashgan. Masjidning 4 tomonida balandligi 63 metr keladigan 4 ta minora joylashgan, masjid gumbazi balandligi 43 metrni tashkil qiladi. Masjid hududi 12 ta favvora bilan bezaladi. Masjid uslubi va bezalishi bo‘yicha dunyoda analoglarga ega bo‘lmaydi. Uning tashqi va ichki qismi grek oq marmari bilan qoplanadi. Masjidning butun hududi 6,5 gektarni tashkil qiladi.
“Shali-Siti”da 7 ta osmono‘par bino qurilishi 2013 yilda boshlangan. Majmua yarimoy ko‘rinishida qurilgan. Markaziy mehmonxona va biznes-markaz binolari balandligi 90 metrdan oshadi. Majmuada, shuningdek, 12, 14, 16-qavatli turar joy binolari va 21-qavatli minora joylashgan.
Mavzuga oid
20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
08:29 / 09.04.2025