Eronda zo‘ravonliklarga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda
Erondagi shaharlar ko‘chalariga chorshanba kuni bir necha yuzlab odamlar chiqishdi, ular namoyishlar davomida ro‘y bergan zo‘ravonlik holatlariga qarshi aksiya o‘tkazishmoqda. Bu haqda Press TV telekanali xabar berdi.
Chorshanba kuni namoyishlar Axvaz, Bushir, Ilom va Hurramobod kabi shaharlarda bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilarning aniq soni xabar qilinmayapti.
Eronning yirik shaharlari – Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, namoyishlar davlatdagi ichki muammolar tufayli, shuningdek boshqa mamlakatlar fitnasi bilan o‘tkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari vaqtida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Tehronda so‘nggi uch kun ichida taxminan 450 kishi qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
15:45 / 25.11.2024
O‘zbekiston va Eron innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini muhokama qilyapti
09:02 / 25.11.2024
Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
19:58 / 24.11.2024
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi
19:45 / 22.11.2024