Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRga neft yetkazib berishda gumonlanayotgan Rossiya iqtisodiy blokadaga qarshi chiqdi
Rossiya TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Oleg Burmistrov KXDR bilan iqtisodiy aloqalar saqlanib qolinishi lozimligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Bizning vazifa – o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni o‘zimiz uchun nomaqbul bo‘lgan talablar, birinchi navbatda, KXDRni «bo‘g‘ishga» yo‘naltirilganlardan chetda saqlashdir. Biz uchun bunday holat yo‘l qo‘yib bo‘lmasdir, biz iqtisodiy blokadaga qarshimiz. Vashington buni ushbu mamlakatga nisbatan o‘rnatish taklifi bilan chiqmoqda. Biz o‘zimizning iqtisodiy manfaatlarimiz zarar ko‘rishiga qarshimiz», - deya ma'lum qildi Burmistrov.
U Rossiya tomoni Xavfsizlik Kengashida avvalgi rezolyutsiyalar ustidagi ishda qanday pozitsiyani himoya qilganini eslatib o‘tdi. Qayd etilishicha, so‘nggi rezolyutsiyani ko‘rib chiqishda ham buning uddasidan chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters agentligi Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Shimoliy Koreya kemalariga bir necha marta neft quyib bergani, bu sanksiyalarga qaramay yuz bergani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025