Jahon | 09:00 / 03.01.2018
6160
2 daqiqa o‘qiladi

Hondurasdagi saylovlarda yutqazgan nomzod o‘zini prezident deb e'lon qilmoqchi

Foto: AP Photo / Rodrigo Abd

Honduras muxolifati yetakchilari mamlakat prezidenti saylovlarida go‘yoki ovozlarni hisoblashda firibgarlikka yo‘l qo‘yilganiga qarshi xalqni ko‘tarilishga chaqirdilar. Saylovlarda yutqazgan nomzod Salvador Nasralla esa o‘zini prezident deb e'lon qilib, inauguratsiyaga tayyorgarlik ko‘rishini ma'lum qilgan.  

Hondurasda saylovlar 26 noyabrda bo‘lib o‘tgan, biroq amaldagi prezident Xuan Orlando Ernandes ushbu lavozimga qayta saylangani dekabr o‘rtalarida e'lon qilingan. Muxolifat tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlarini tashkillashtirgan. Bu tartibsizliklar oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan. Namoyishchilar saylovlarning ikkinchi turi o‘tkazilishi yoki ovozlar qayta hisoblanishini talab qilishgan. Hukumat komendantlik soati kiritib, fuqarolar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari amal qilishini to‘xtatgan.

“27 yanvardan boshlab xalq isyoni boshlanadi, odamlar bunga tayyorlansinlar. Xalq uzurpator-hukumatga bo‘ysunmaydi, biz qarshilik ko‘rsatamiz”, deb aytgan muxolifat alyansi koordinatori, sobiq prezident Manuel Selayya. 

O‘z navbatida muxolifat nomzodi, saylovlarda yutqazgan Salvador Nasralla prezident lavozimiga kirishishga tayyorligini ma'lum qilgan. “Men 27 yanvarda Honduras prezidenti lavozimini bajarishga kirishaman. Biz stadionlardan birida tantanali tadbir o‘tkazamiz”, deb aytgan Nasralla.

Mavzuga oid