Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Bill va Hillari Klinton uyida yong‘in chiqdi
 
                                    Foto: Getty images
AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi Hillari Klintonning Chappakva shahridagi (Nyu York shtati) uyida yong‘in chiqdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in asosiy binoda emas, balki maxfiy xizmat joylashgan kichikroq uyda sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq o‘chirishgan.
Politsiya vakili Artur Mendozaning aytishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 15.15larda o‘chirilgan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in vaqtida uyda Klintonlar oilasidan hech kim bo‘lmagan.
Bill va Hillari Klinton bu uyda deyarli 20 yildan beri yashab keladilar. Ular bu uyni 1999 yilda 1,7 mln dollarga sotib olishgan. 2016 yil avgustida esa ular 1,6 mln dollarga qo‘shni uyni ham xarid qilishgan.
Mavzuga oid
 
                        21:09 / 29.01.2024
Rossiya NATOga qo‘shilishi ko‘zda tutilgandi. Klintonning Moskvaga tashrifi haqida hujjatlar e’lon qilindi
 
                        20:35 / 05.05.2023
Rossiyaning Ukrainaga hujumini 2011 yildayoq sezgan edim – Bill Klinton
 
                        17:48 / 05.04.2023
Bill Klinton Kiyevni yadro qurolidan voz kechishga ko‘ndirganidan afsusdaligini ma’lum qildi
 
                        16:07 / 12.12.2021
 
               
             
              