Jahon | 21:00 / 04.01.2018
27646
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy chegarasida «Buyuk muz devori» hosil bo‘ldi (video)

Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi Xanka ko‘lida, Rossiya bilan chegarada balandligi 20 metr keladigan muz devor hosil bo‘ldi. Ushbu antiqa tabiiy hodisa videosi CCTV telekanali tomondan namoyish qilingan. 

Ushbu devor kuchli shamol sababli vujudga kelgan. Shamol turli o‘lchamdagi muz bo‘laklarini ko‘lning sharqiy sohili tomon yo‘llagan. Ushbu muz devor dastlab 3-4 metr balandlikka ega bo‘lgan, keyin esa 20 metr va undan balandroqqacha yetgan. Yana bir e'tiborli jihati, bu devorning uzunligi bir necha o‘nlab kilometrni tashkil qiladi.

“Bu devor muzdan tashkil topgan Buyuk devorga o‘xshaydi”, deb aytgan ushbu hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga kelgan fotosuratchi Li Ley.

Xanka qo‘lidagi meteorologik stansiya boshlig‘i Syuy Chjunning aytishicha, bunday muz devorlar onda-sonda vujudga keladi. Buning uchun uzoq davom etuvchi sovuq haroratlar, kuchli shamol va ko‘ldagi suvning yuqori qatlamlari harakatlanishi lozim.

Mavzuga oid