Jahon | 14:55 / 04.01.2018
15845
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi jangari guruhlar o‘rtasida janglar davom etmoqda

Foto: Omar Sanadiki / Reuters

IShID jangarilari 3 yanvar kuni Suriya sharqidagi Dayr-az-Zorda «Hizbulloh» guruhini qamal qilgan.

Al Masdar News agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida «Hizbulloh» jangchilari halok bo‘lgan. Keyinroq «Hizbulloh» Suriya armiyasi va Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi bo‘linmalari bilan ittifoqchilikda qarshi hujumga o‘tgan.

Bundan tashqari, 3 yanvar kuni  «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhi jangarilari («Jibhat an-Nusra» asosida tuzilgan) Idlib viloyatida reyd o‘tkazib, IShID jangarilarini o‘ldirgan va qurol-yaroqlarini o‘zlashtirgan.

2017 yil davomida IShID tashkiloti og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Endilikda ushbu tashkilot davlat sifatida mavjud emas va harbiy harakatlar olib bora olmaydi. Endilikda tashkilotning qolgan-qutgan jangarilari bir vaqtning o‘zida Suriya armiyasi va boshqa turli guruhlardan himoyalanishga majbur bo‘lmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid