Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xususiy klinikalar tarmog‘i tashkil etilmoqda. Bank mablag‘lari ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda «AKFA MEDLINE» MChJ taklifiga asosan O‘zbekistonda Koreya Respublikasining yetakchi oliy tibbiy ta'lim muassasalaridan birining faoliyati tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorida ma'lumot berilgan.
Ma'lum qilinishicha, Koreya Respublikasining ilg‘or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejyement masalalari bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonda tibbiyotga joriy etish uchun ular bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda «AKFA MEDLINE» MChJ xususiy klinikasi negizida tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish kutilmoqda.
Shuningdek, «AKFA MEDLINE» MChJning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha taklif ham Shavkat Mirziyoyev tomonida ma'qullangan. Ushbu takliflarni amalga oshirish bo‘yicha dastur loyihasi tasdiqlanishi uchun 2018 yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.
Qarorda ta'kidlanishicha, har bir hudud uchun 1 million AQSh dollari miqdorda resurslar hajmini nazarda tutgan holda, «Asaka» ATB qoshidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining 14 million AQSh dollari miqdordagi mablag‘lari shakllantiriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025