«Barselona» kolumbiyalik futbolchi transferini hal qilgan

Kolumbiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Faustino Asprilya vatandoshi va «Palmeyras» himoyachisi Yyerri Mina «Barselona»ga o‘tganini e'lon qildi.
«Barselona»ga xush kelibsan, Yyerri Mina», – deb yozdi Asprilya tvitter sahifasida.
Agar Asprilya so‘zlari o‘z tasdig‘ini topsa, 23 yoshli futbolchi ko‘k-anorranglilarning yanvar oyidagi dastlabki xaridi bo‘lib chiqadi.
U Kataloniya jamoasida Tomas Vermalen o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Avvalroq, Yyerri Mina transferi uchun «Barselona» 14 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ushbu futbolchi Braziliya chempionatining o‘tgan mavsumida «Palmeyras» uchun 22 uchrashuv o‘tkazgan va 5 gol urib, bir golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025