Fan-texnika | 17:30 / 05.01.2018
12961
3 daqiqa o‘qiladi

Toyota’ning haydovchisiz yangi avtomobili atrofdagi 200 metrni «ko‘rishi» mumkin

Foto: Toyota

Dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan birining Amerika tarmog‘i bo‘lmish Toyota Research Institute o‘zining sinovlarga mo‘ljallangan avtomobili eng yangi versiyasini taqdim etdi. Asos sifatida LS 600hL modelidan foydalaniladi, u LIDAR tizimi, radar, shuningdek bir nechta kamera bilan jihozlangan. Toyota ushbu avtomobilni o‘tgan yili ko‘rsatgandi, ammo bu safar yaxshilangan versiya namoyish etildi, uni avtomobil ishlab chiqaruvchisining tadqiqot institutida «Platforma 3.0» deb atashadi. Mashinani CES-2018 iste'mol elektoonikasi xalqaro ko‘rgazmasida keng ommaga namoyish etish mo‘ljallanmoqda.

Toyota’ning yaxshilangan haydovchisiz avtomobilidagi eng asosiy jihatga o‘z yon-atrofini avvalgi versiya bilan taqqoslaganda ancha uzoqroq masofaga ko‘rish imkoniyati aylandi. Luminar kompaniyasidan to‘rtta uzoq masofali LIDAR datchigi tufayli mashina 200 metrlik radiusdagi barcha narsani skanerdan o‘tkazishga qodir, ular avtomobil tomida o‘rnatilgan. 

Foto: Toyota 

Masalan, Velodyne kompaniyasining eng kuchli LIDAR-tizimi HDL-64E bo‘lib, u 120 metrlik radiusni ko‘rishga qodir. Uning eng keng qo‘llaniluvchi tizimi VLP-16 Puck esa faqat 100 metrni ko‘ra oladi. Boz ustiga, Velodyne yangi mijozlarni jalb etish hamda texnologiyani bozorga tezroq integratsiya qilish uchun VLP-16 tizimi qiymatini yarim barobarga kamaytirdi.

Foto: Toyota 

O‘zi boshqariluvchi Lexus tashqi jihatdan ham yaxshilandi. Endilikda pilotsiz rejim ishlashi uchun kerak bo‘lgan uskunalar integratsiyasi avvalgi versiyadagidek yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Toyota Research Institute muhandislarining aytishlaricha, avtomobil o‘zining yangilangan versiyasi uchun Toyota CALTY Design Research dizaynerlik studiyasi, shuningdek kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi ishlanmalar va tadqiqotlar bo‘limi mutaxassislaridan minnatdor bo‘lishi kerak.

Toyota «Platforma 3.0»ni joriy yilning bahorida ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Avtomobillarning bir qismi qo‘shimcha rul boshqaruvi bilan yig‘iladi.

Mavzuga oid