Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada qor bo‘roni vaqtida chang‘ichilar osma yo‘l o‘rindiqlarida qolib ketishdi (video)
Internetda Avstriyaning tog‘-chang‘i kurortlaridan birida, Yevropaga yopirilgan “Eleonora” qor bo‘roni vaqtida bir necha chang‘ichi osma yo‘l o‘rindiqlarida qolib ketgani videosi paydo bo‘ldi. Osma yo‘l o‘rindiqlari kuchli shamol oqibatida falokatli tarzda chayqalib turgan.
Facebook’da 3 yanvarda joylashtirilgan videoga berilgan izohda voqea Montafon vodiysidagi kurortda yuz bergani ma'lum qilingan. Biroq voqea vaqtida o‘rindiqlarda necha kishi bo‘lgani haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.
Keyinroq chang‘ichilar tabiiy ofat vaqtida jabrlanishmagani va osma yo‘lni qutqaruvchilar yordamida tark eta olishgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025