Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kuchli qor yog‘ishi tufayli 10 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi
Xitoy sharqidagi Anxoy viloyatida kuchli qor yog‘ishi tufayli 3 yanvardan 5 yanvargacha 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Tszyansu va Xubey viloyatlarida 2 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, ushbu qor yog‘ishi oxirgi 10 yil ichidagi eng kuchlisi deb tan olingan.
Kuchli qor yog‘ishi tufayli Xitoyning 5 ta viloyatidan 200 dan ko‘proq kishi evakuatsiya qilingan, yana 100 ga yaqin kishi shoshilinch yordamga muhtoj. Bundan tashqari, ko‘p qor tufayli 200 dan ko‘proq uy vayron bo‘lgan, 400 ga yaqiniga talofat yetgan. Qishloq xo‘jaligi maydonlariga ham zarar yetgan. Hukumat ushbu tabiiy ofatdan ko‘rilgan iqtisodiy ziyonni 500 mln yuandan (80 mln dollarga yaqin) ko‘proqqa baholamoqda.
Tabiiy ofat temir yo‘l va avtomobil transporti harakatlanishini izdan chiqargan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025