Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norezidentlarning doimiy muassasalari sof foydasidan olinadigan soliq bekor qilindi
29.12.2017 yildagi O‘RQ-454-son «Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Norma.uz’ning yozishicha, O‘zbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga qo‘shimcha ravishda sof foydasiga ham 10%li stavka bo‘yicha soliq (foyda solig‘i summasi ayirib tashlangan foyda) to‘lashgan (SKning 154-moddasi 8-qismi).
SKning 154-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan endilikda doimiy muassasalar 2018 yilda olingan daromadlaridan faqat foyda solig‘ini 14% stavka bo‘yicha to‘lashadi. Ulardan sof foydadan olinadigan soliq undirilmaydi.
Bundan tashqari, mamlakatda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentdan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan soliq solinadigan foyda miqdori kamaytiriladi. Ilgari soliq solinadigan foyda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ular mamlakatimizda yoki uning tashqarisida qilinganligidan qat'i nazar, barcha turdagi xarajatlarning kamida 10%ini tashkil etgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab u ko‘rsatilgan xarajatlarning kamida 7%ini tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021