Jahon | 10:51 / 06.01.2018
19389
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya MSK Dog‘iston muftiysining rafiqasiga rad javobini berdi

Foto: Life.ru

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Dog‘iston muftiysining rafiqasi Ayna Hamzatovaga mamlakat prezidentligi uchun saylovlarga nomzod sifatida ro‘yxatga olish borasida rad javobini berdi.

Nation News xabariga ko‘ra, MSK Hamzatovaning mustaqil nomzod sifatida ilgari surilishi uchun tashkil etilgan saylovchilar guruhini ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Bunga ilgari surishdagi qator qonunbuzarliklar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Xususan, uning qo‘llab-quvvatlov guruhi 25 dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bildirishnoma yuborib, buni qonun bilan o‘rnatilgan besh kunlik muddatni buzgan holda amalga oshirgan. Shuningdek, muftiy maslahatchisi komissiyaga xarajatlar to‘g‘risida ma'lumotnomani taqdim etmagan. Bundan tashqari, saylovchilar guruhini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizada uning 300 ga yaqin ishtirokchisi ish joyi haqida tegishli ma'lumotning yo‘qligi ham yana bir qonunbuzarlikka aylangan.

URA.RU’ning aniqlik kiritishicha, Hamzatova Dog‘iston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jamoat va diniy arbob sanaladi. Shuningdek, u Rossiyadagi musulmonlarga mo‘ljallangan eng yirik axborot holdingi rahbari va muftiyning hukumat organlari bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi sanaladi.

Avvalroq Dog‘iston muftiysining rafiqasi Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlikka ilgari surilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid