Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvenir va o‘ralgan mahsulotlarga O‘zbekiston turistik brendi hamda logotipi qo‘yiladi
O‘zbekiston respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi hududlarda mamlakatimizning turistik brendini faollashtirishni ko‘zda tutmoqda. Bundan maqsad O‘zbekistonning har bir hududini sayyohlik bozorida tanitishdir. Ular yaqin kunlarda turizmni rivojlantirish ko‘zda tutilgan barcha hududlarda yaratiladi.
Uni yaratish jarayoni boshlandi. Ming afsuslar bo‘lsinki, u barcha hududlarda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmadi. Ba'zi bir hollarda u yoki bu sabablarga ko‘ra tasdiqlangan logotiplarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.
Jarayon yangi bosqichining boshlang‘ich nuqtasi inventarizatsiyadan boshlanadi. Bunda real holat hisobga olinadi. Tahlillar natijasida logotipi bo‘lmagan turistik sayohat joylarida ular yangidan yaratiladi, logotipi bo‘lgan joylarda esa ularning qabul qilingan yangi talablarga muvofiqligi baholanadi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston respublikasining yagona turistik va investitsion brendini tasdiqlash uchun umum respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Regional brendlar logotiplarini yaratishda bir tarafdan yagona stilistika bilan ta'minlanishga e'tibor qaratilsa, boshqa tomondan esa ularning har biri mazkur hududning o‘ziga xos bo‘lgan turistik jihatlarini, tarixini, madaniyatini va boshqa individual omillarini taqdim etadi.
Bundan tashqari, logotiplarni rivojlantirishga, hududlarning turistik brendlariga davlat miqyosida katta e'tibor qaratiladi. Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining xabar berishicha, ayni paytda suvenir va o‘ralgan mahsulotlar (sumka, paketlar, daftarlar, kiyim-kechaklar, idishlar, suvenir mahsulotlari) ishlab chiqaruvchi korxonalarga turli imtiyozlar berish, ichki turizm va uzbekistan.travel saytining, turistik brendlar reklamalarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025