Jahon | 22:18 / 07.01.2018
3998
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada xususiy kompaniyalar jinoyatchilar ortidan kuzatuv olib boradi  

Buyuk Britaniya xususiy kompaniyalarga xavfli jinoyatchilar qamoqdan ozod qilinganlaridan keyin ular ortidan kuzatuv olib borishni ishonib topshirmoqda. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.  

Nashrning ma'lum qilishicha, kuzatuvchilar xavfsizlikni ta'minlash uchun sobiq mahbuslar ortidan 24 soatlik kuzatuv olib borishlari lozim. Kuzatuv qotillik, nomusga tegish va terrorchilik uchun qamalganlar ortidan olib boriladi. Ushbu vazifani bajaruvchilarga qo‘yilgan talablarda ular psixologiya, xatarlarni boshqarish asoslarini va psixotrop moddalar qabul qiluvchi odamlar bilan muloqot qilishni bilishlari kerakligi aytilgan. Shuningdek, jinoyat huquqini bilish ma'qullanadi. 

Independent’ning ta'kidlashicha, adliya vazirligi bu usulni muvaffaqiyatli deb tan olgan, Biroq bungacha kuzatuv uchun javob bergan jazo ijrosi xizmati xodimlari ushbu dastur xavfsizlikka salbiy ta'sir qilishini aytmoqdalar. “Men bu amaliyotga bir yil vaqt beraman va jiddiy biror narsa sodir bo‘lishiga kafilman. Axir ular tajribasiz ishchilarni yollashmoqda”, deb aytgan manbalardan biri.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid