Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sohilida 2 kema to‘qnashib ketdi: 32 kishi bedarak yo‘qoldi
Xitoyning sharqiy sohillarida 2 ta kema to‘qnashib ketgani oqibatida 32 kishi bedarak yo‘qolgan. Xitoy matbuotining xabar qilishicha, ayni vaqtda ularni qidirish va qutqarish ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Panamada ro‘yxatdan o‘tgan "SANCHI" neft tashuvchi tankeri va Hongkongning "CF CRYSTAL" kemasining to‘qnashuvi mahalliy vaqt bilan 6 yanvar kechki 8:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Voqea Yantszi daryosi quyilishidan 160 dengiz mili uzoqlikda ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi Xitoy transport vaziridan iqtibos keltirgan holda.
To‘qnashuv oqibatida "SANCHI"da yong‘in yuz bergan va tanker o‘ng tomonga og‘ib qolgan. Panama kemasining 32 nafar dengizchisining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Ularning 30 nafari eronlik, ikkisi bangladeshlik ekani aytilmoqda.
274 metrlik "SANCHI" tankeri Eron kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan bo‘lib, 136,000 tonna yoqilg‘i Janubiy Koreyaga olib ketayotgan edi. 225 metr uzunlikdagi "CF CRYSTAL" kemasi 64,000 tonna donni Xitoyning Guandong provinsiyasiga olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025