Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda quyosh panellaridan iborat yo‘lning bir bo‘lagi o‘g‘irlab ketildi
Xitoyda noma'lum kimsalar quyosh barateyalari bilan qoplab chiqilgan yo‘lning bir bo‘lagini kesib olib, o‘g‘irlab ketishdi. Bu o‘g‘rilik tajribaviy yo‘lning ishga tushirilganidan bor-yo‘g‘i 5 kundan keyin sodir bo‘lgan. Shikastlangan yo‘lni ta'mirlash uchun esa 4 kun talab qilingan, deb xabar bermoqda TechNode portali.
Yo‘l 28 dekabrda ishga tushirilgandi. Bir kilometrlik yo‘lda 10 mingdan ko‘proq quyosh batareyasi o‘rnatib chiqilgan. Yo‘lning pastki qismi zich izolyatsiyalovchi material bilan, sirti esa qalinligi 3 sm dan kamroq bo‘lgan shaffof qatlam bilan qoplangan. Yo‘lda elektromobillar shundoq harakatlanish vaqtida quvvatlana olishi uchun induksion quvvatlash o‘rnatilgan. Bundan tashqari, yo‘l isitish tizimi yordamida qorni erita oladi.
Yo‘lni ishlab chiqqanlarning aytishicha, bu o‘g‘rilikdan moddiy naf yo‘q, chunki Xitoyda ishlatilgan panellar juda arzon turadi. Biroq bunga ko‘z yumib yuborishning iloji ham yo‘q, chunki yo‘lni tiklash uchun ancha mablag‘ talab etilgan. TechCrunch’ning ta'kidlashicha, yo‘l bo‘lagi raqobatchilar tomondan o‘rganish va nusxa ko‘chirish uchun o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.
Xitoy hukumati bu yo‘lni o‘z turidagi birinchisi deb atagandi. Biroq aslida bunday yo‘lni 2016 yilda fransuzlar yaratishgan. Bir kilometrlik yo‘l Turuvr-o-Persh shaharchasi orqali o‘tgan va 5 mln dollarga aylangan. Biroq bu yo‘l elektromobillarga quvvatlanishga imkon bermagan, ammo 5 ming kishilik shaharcha ko‘chalarini yoritish uchun yetarli energiya hosil qilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025