Sport | 12:38 / 07.01.2018
15914
2 daqiqa o‘qiladi

La-liga. Super derbida 8ta gol kiritildi

Foto: Getty Images

Ispaniya La-ligasining 18-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Pireney yarimorolining eng qadimgi derbilaridan biri Andalusiya derbisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv derbi nomiga mos ravishda o‘tib, unda 8ta gol kiritildi. «Sevilya» mezbonligi ostida kechgan uchrashuvda «Betis» g‘alabani ilib ketdi. Uchrashuv avvaliga «quvlashmachoq» tarzda boshlandi. «Betis» hisobda oldinga chiquvchi, mezbonlar quvib yetuvchi rolini bajarishdi ammo yakunda mehmonlar omadliroq chiqib qoldi. Kristian Telo tomonidan 95-daqiqada kiritilgan gol o‘yinga butkul nuqta qo‘ydi. 5:3 mehmonlar g‘alabasi.

Ushbu natijadan keyin «Sevilya» 29 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 5-o‘rnida qoldi. «Betis» esa 24 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Ispaniya La-ligasi, 18-tur

Sevilya – Betis 3:5 (2:2)
Gollar
: Ben-Yyedder (13), Ker (40), Langle (67) – Fabian Ruis (1), Feddal (21), Durmisi (63), Leon (65), Telo (90+5).
Sevilya: Riko, Korshya (Sarabiya, 85), Ker, Langle, Eskudero, Banega, Nzonzi, Vaskes (Korrea, 57), Navas, Ben-Yyedder, Nolito (Muriel, 69).
Betis: Adan, Barragan (Gerrero, 16), Mandi, Feddal, Durmisi, Garsiya, Budebuz, Fabian Ruis (Kamarasa, 76), Guardado, Sanches (Telo, 60), Leon.
Ogohlantirishlar: Banega (25), Gerrero (33), Feddal (66), Mandi (68), Eskudero (73), Langle (80), Leon (80), Telo (86), Adan (90).

Mavzuga oid