Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida hamshiralar kasal chaqaloqni kalaka qilishdi (video)
Saudiya Arabistonida mahalliy shifoxonalardan birida yuz bergan voqea keng muhokama qilinmoqda.
Gap shundaki, shifoxonadagi bir necha hamshira jonlantirish bo‘limiga infeksiya bilan tushgan chaqaloqni kalaka qilishgan. Ular bu qilmishlarini videoga yozib olishgan. Video internetda paydo bo‘lgandan keyin undagi “qahramonlar” qidirila boshlangan.
Videoda hamshira maynavozchilik qilib, o‘ziga o‘xshagan befahm hamkasblarining kulgulari ostida chaqaloqning boshini ezib, uni kalaka qilganini ko‘rish mumkin.
Politsiya “tomosha ko‘rsatgan” hamshirani ham, “tomoshabin” bo‘lgan hamshiralarni ham aniqlagan. Ular bu kasb bo‘yicha ishlash huquqidan mahrum etildilar.
Bolakayning otasi ko‘rganlaridan karaxt holga tushganini aytgan: uning farzandi intensiv davolanish palatasida 10 kun davomida qolgan va u tibbiyot xodimlari bunday razillikka borishlarini xayoliga ham keltirmagan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025