Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti Misr, Iordaniya va Isroilga tashrif buyuradi
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens 19 yanvarda Yaqin Sharq davlatlari bo‘yicha turnega otlanadi. U safari davomida Misr, Iordaniya va Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda 8 yanvarda Oq uy ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Pens 20 yanvarda Misrda prezident Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uchrashadi, 21 yanvarda Iordaniyaga jo‘naydi va u yerda qirol Abdulloh II bilan muzokaralar o‘tkazadi. So‘ngra Pens 22-23 yanvar kunlari Isroilda bo‘ladi. U bu yerda mamlakat prezidenti Reuven Rivlin va bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Pens, shuningdek, Knessetda nutq so‘zlashi va Al-Qudsdagi Yig‘i devoriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Pens tashrif buyuradigan davlatlar rahbarlari bilan “terrorchilikka qarshi kurash va tahqirlashga uchrovchi diniy kamchiliklarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini” muhokama qiladi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025