Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yollanma jangarilarning qaytishi - Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdiddir
Yollanma jangarilarning Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar zonasidan qaytishi Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga raxna soladi, degan Qozog‘iston xalqaro munosabatlar kengashi raisi Yerlan Karinning Ostonadagi «KazMedia Xoll»dagi muhokamalar chog‘idagi chiqishida. Uning so‘zlarini «Anadolu» agentligi keltirmoqda.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar asosida yotgan sabablar, Afg‘onistondagi beqarorlik va radikalizm Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi tahdidlarni paydo qiladi.
«Yaqin Sharqdan terrorchilar tomonida turib jang qilgan markaziy osiyoliklarning qaytishi radikalizm holatlarining o‘sish xavfi bilan bog‘langan», — degan Karin.
Kengash raisi Soufan Group tadqiqotiga e'tibor qaratgan, uning ma'lumotlariga ko‘ra Suriya va Iroqda Markaziy Osiyodan besh mingga yaqin kishi jang qilgan, ularning 500 nafari allaqachon vatanlariga qaytishgan.
Karinning fikricha, mintaqada terrorizm xavfiga Yaqin Sharqdagi vaziyat o‘z ta'sirini o‘tkazadi.
Shuningdek, ekspert Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiyotlari 2018 yilda o‘sishga erishishi borasida prognozlarini ham ochiqlagan. «Qozog‘iston iqtisodiy o‘sishining o‘rtacha sur'atlari 2–3 foiz, Qirg‘izistonniki 3–3,5 foiz. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning iqtisodiyoti taxminan olti foizgacha o‘sadi», — degan Karin.
Ekspertning fikricha, Turkmanistonda shu yil o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan parlament saylovlari mintaqaga aytarli ta'sirini o‘tkazmaydi.
Kengash raisi Qirg‘izistonda muddatidan avval parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi ehtimolini ham inobatdan soqit etmagan.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025