Jahon | 10:08 / 09.01.2018
24443
1 daqiqa o‘qiladi

Kit ayolni akuladan himoya qildi (video)

Foto: Caters News

Bukri kit tadqiqotchi ayolni akuladan himoya qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda. Ushbu voqea videosi Youtube’da joylashtirilgan.

Voqea Tinch okeanining janubiy qismida, Kuk oroli yaqinida yuz bergan. Ayol biolog Nen Xauzer kit oldida suzib yurganda, yoniga 3 metrlik yo‘lbars akula suzib kelganini payqamay  qolgan. Kit akulani payqab, ayolni suzgichlari bilan panalab, himoyalay boshlagan. Kit hattoki belida 63 yoshli ayolni suv sirtiga olib chiqib qo‘ygan. Ayolning aytishicha, nariroqda suzib yurgan boshqa kit ham yirtqich akulani haydashga harakat qilgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Biologning fikricha, ushbu holat kitlarda boshqa jonzotlarni himoya qilish instinkti mavjudligini isbotlaydi. 

Mavzuga oid