Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Matiz’da bo‘lgan yosh bola YTHdan so‘ng old oynadan uchib chiqib ketdi
Rossiyaning Chelyabinsk oblastidagi Plast-Varlamovo trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng yosh bola mashinaning old oynasidan uchib chiqib ketdi. Ushbu holat tasvirlangan video "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi "Na dorogax Magnitki" sahifasida e'lon qilindi.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Daewoo Matiz qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va VAZ-2115 bilan to‘qnashgan. Zarba Matiz’ning o‘ng tomoniga kelib tushgan, bolalar o‘rindig‘ida o‘tirgan yosh bola avtomobilning old oynasidan uchib chiqib ketgan va burnini sindirib olgan, uning onasi ham jarohatlangan.
Xabar qilinishicha, tez tibbiy yordam yetti daqiqadan so‘ng yetib kelgan. Bu vaqt davomida boshqa haydovchilar yosh bolaga birinchi yordam ko‘rsatishdi va har yoqqa sochilib ketgan narsalarni yig‘ib berishdi.
Mavzuga oid
17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi
07:30 / 08.01.2025
Ahmad Donish ko‘chasida Lacetti va Matiz to‘qnashdi
10:03 / 06.12.2024
Toshkentda beton bordyurga borib urilgan Matiz yonib ketdi
09:16 / 06.11.2024