O‘zbekiston | 07:28 / 10.01.2018
16585
2 daqiqa o‘qiladi

«Aqlli shahar», «Aqlli mahalla», «Aqlli uy» va «Aqlli hokimiyat» konsepsiyalari ishlab chiqiladi

Foto: Adrian Smith / Gordon Gill Architecture

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlangan. Uning Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish bo‘limida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni, jumladan, davlat-xususiy  sheriklikni kuchaytirish orqali to‘liq amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada:

  • hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infra-tuzilmasini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish parametrlari;
  • «Aqlli shahar», «Aqlli mahalla», «Aqlli uy» va «Aqlli hokimiyat» konsepsiyalarini o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha faolligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha faoliyatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish nazarda tutiladi.

Hududlarning investitsiyaviy jozibadorlik reytingini e'lon qilib borish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada joylarda investorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni (resrurs, infrastruktura, davlat va boshqa xizmatlarning qulayligi) aniqlash tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid