Bir terabayt sig‘imga ega dunyodagi eng mitti fleshka taqdim qilindi
AQShning xotira kartalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SanDisk kompaniyasi Las-Vegasdagi CES (Consumer Electronics Show) iste'molchilik ko‘rgazmasida bir terabayt (ming gigabayt) sig‘imga ega dunyodagi eng mitti fleshkani taqdim qildi. Fleshka suratiga ko‘ra, uning o‘lchami hozirda ishlatiladigan oddiy fleshkalarnikiga yaqin.
Ushbu fleshka ma'lumotlarni nafaqat kompyuterga, balki smartfonga uzatishga imkon beruvchi USB-C raz'yomi bilan jihozlangan.
SanDisk’ning qayd qilishicha, taqdim qilingan fleshka ishchi prototipdir. Kompaniya ushbu fleshkaning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi, texnik ko‘rsatkichlari, narxi bo‘yicha hech qanday ma'lumot bermagan.
Ayni vaqtda 1 Tb sig‘imga ega qattiq disklar 350 dollarga yaqin turadi.
Mavzuga oid
01:15 / 12.01.2020
Xitoy kompaniyasi robot mushukni namoyish etdi
15:18 / 01.05.2018
Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inga maxsus fleshka bergan
16:40 / 04.01.2018
LG 2018 yilda qanday audioqurilmalar bilan hayratga soladi?
15:45 / 21.12.2017