Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV ham «Qamchiq» dovoni bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Gidrometeorologiya xizmati markazining ma'lumotiga asosan joriy yilning 11,12 va 14 yanvar kunlari «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchayishi, tuman tushib ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 22-25 m/sek.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi va muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda, haydovchilardan, zarurat bo‘lmaganida, dovon yo‘lidan harakatlanmasliklarini, harakatlangan taqdirda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham «Qamchiq» dovoni bo‘yicha tezkor xabarnoma e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi
16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”
13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi
21:37 / 07.03.2025