Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada deportatsiya qilinganiga qaramay yana qaytib kelgan o‘zbekistonlik 1 yilga qamaldi
Rossiyaning Omsk oblastidagi Poltava tumani sudi O‘zbekiston Respublikasining 27 yoshli fuqarosini ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Erkak RF JKning 322-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Omsk oblasti prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tekshiruv davomida erkak avval Rossiyadan deportatsiya qilingani aniqlangan. Unga 2022 yilga qadar mamlakat hududiga kirish taqiqlangan, u bu haqda bilgan. O‘zbekiston fuqarosi ming rubl miqdoridagi pul evaziga davlat chegarasini kesib o‘tishga kelishib olgani ta'kidlanadi.
2017 yilning 3 iyul kuni erkak o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib, o‘zi pora bergan shaxs bilan Qozog‘istondan Rossiyaga kirib kelgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Omsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, u o‘z aybini to‘la tan olgan. Unga 1 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025