Jamiyat | 09:25 / 11.01.2018
26167
2 daqiqa o‘qiladi

YaST to‘lovchilar maydon 1 gektardan ortiq bo‘lganda yer solig‘i to‘laydi

YaST to‘lovchilar maydon 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer solig‘i to‘laydi. Bu 29.12.2017 yildagi O‘RQ–454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib o‘tamiz, yagona soliq to‘lovi (YaST) jami umumbelgilangan soliqlar va majburiy ajratmalarning o‘rniga to‘lanadi (bundan SKning 349-moddasida keltirilganlar mustasno).
 
2017 yilgacha YaST to‘lovchilar yer solig‘ini to‘lamas edilar.
 
Bunda YaST to‘lovchilar (alohida toifadan tashqari) egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer solig‘ining uch karra miqdoridan kam  bo‘lmagan YaST to‘lashlari shart. 
 
1.04.2018 yildan boshlab mulk, egalik, foydalanish yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan YaST to‘lovchilari uchun belgilangan eng yuqori miqdordan oshadigan maydondan yer solig‘ini to‘lash majburiyati joriy etildi.
 
Yer solig‘ini 1 gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkalariga ega bo‘lgan YaST to‘lovchilar to‘lashlari darkor bo‘ladi.
 
Bir vaqtning o‘zida bunday soliq to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi bekor qilinadi. 
 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom bir oy muddat ichida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Mavzuga oid