Jahon | 22:48 / 11.01.2018
6400
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya VS Daniya: shamol energiyasi ishlab chiqishda kim yetakchi bo‘ladi?

Foto: bloomberg.com

Doimiy esuvchi shamollar Braziliyada shamol generatorlarining dunyodagi eng yuqori koeffitsiyentini ta'minlaydi. Bu ko‘rsatkich raqamlarda ifodalansa, 39 foizni tashkil etadi. Mamlakat hukumati rejalariga binoan shamol generator uskunalarining umumiy quvvati 2026 yilga kelib 19 gVt.ga yetadi. Voltalia kompaniyasi shamol yordamida olingan elektr energiyasi uchun hozirdanoq juda arzon anrxni taklif etmoqda — 1 mVt*soat 29,82 dollardan sotilmoqda. Bu o‘zbek so‘mida 1 kVt*soat energiya 242.43 so‘m deganidir (tahr). Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.

Hozirda, Braziliyadagi shamol energiyasi qurilmalari quvvati 11 gVt.ni tashkil etmoqda. Mamlakat jahonda shamol energiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 5-o‘rinda. Uning salohiyati esa, yuqorida aytilganidek, juda yuqori. 

Kartinki po zaprosu World's Best Breezes Lead to Cheapest Wind Power in Brazil

Shunga binoan Voltalia shamol generatorlarini o‘rnatish ishlariga 268 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Umuman, kompaniya ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini 1000 mVt.gacha yetkazmoqchi. 

Braziliyaning bu boradagi salohiyati qanchalik yuqori bo‘lmasin, ayni vaqtda shamol energiyasi ishlab chiqishda Daniya dunyoda yetakchilik qilmoqda. 2017 yili ushbu mamlakat elektr energiyasining deyarli yarmi — 43,6 foizi — shamol generatorlari tomonidan ishlab chiqilgan. 2020 yilga kelib, shamol generatorlari zaruriy elektrning yarmini ta'minlaydi, boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan qo‘shganda 80 foizni tashkil etadi. Shunday ekan, Braziliya Daniya ko‘rsatkichlariga yetishi uchun juda ko‘p mehnat qilishi talab etiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid