Fan-texnika | 21:42 / 11.01.2018
7623
2 daqiqa o‘qiladi

Ford elektr skuterlarini namoyish qildi

Foto: Ford

Amerikaning Ford kompaniyasi CES 2018 ko‘rgazmasida yangi elektr transport vositasini taqdim etdi. Ammo u elektromobil emasligi taqdimot vaqtida ma'lum bo‘ldi. Ford shahar yo‘llarida harakatlanish ustida jiddiy bosh qotirib, yorqin va ixcham Ojo elektr skuterlarini namoyish etdi, deb xabar qilmoqda Gas2.

Bu kimgadir unchalik ham jiddiy bo‘lmagan yangilik bo‘lishi mumkin, ammo elektr transporti va skuterlar ishlab chiqarish borasida 5 yil mobaynida yangilik bo‘lmagani e'tiborga olinsa, jiddiy yutuqdir. Skuter turli ranglarda taqdim etilgan. U soatiga 32 km.gacha tezlikda 40 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Skuterni 500 Vt quvvatga egaa elektromotor harakatga keltiradi. U 130 kg.gacha yukni ko‘tara oladi. 

Motor shunchalik kuchliki, u 18 daraja qiyalikdagii tepalikka chiqish imkonini beradi. Akkumulyator esa, oddiy elektr rozetkasidan quvvat oladi. 

Qayd etish joizki, so‘nggi vaqtlarda mitti elektr transport vositalari tirband shaharlarda tobora ommalashib bormoqda. Yangi namunadagi batareyalar paydo bo‘lishi esa, ularning harakatlanish masofalari uzayishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid