Jamiyat | 08:54 / 11.01.2018
11882
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone X egalari smartfon soqolni yulib olayotganidan shikoyat qilishmoqda 

Foto: Life.ru

Butun dunyo bo‘ylab iPhone X smartfoni egalari qurilma ularning yuzlaridagi mo‘ylarni yulib olayotganidan shikoyat qilishmoqda. Muammo haqida Reddit, MacRumors forumlari va “Tvitter”ga iqtibos keltirgan holda PhoneArena xabar qildi.    

Smartfon egalarining ta'kidlashlaricha, yuzdagi mo‘ylar (asosan mo‘ylab va soqol)  telefonda gaplashganda uning korpusidagi tirqishlar orasida siqilib qolib, gaplashib bo‘lgandan keyin qurilmani yuzdan olganda yulinib chiqmoqda.

Shunga o‘xshash muammo ayfonlarda 2014 yilda ham qayd qilingandi. O‘shanda Apple kompaniyasi yangi korpusdagi iPhone 6’ni taqdim qilgan. Bu qurilma yuzdagi mo‘ylarni yulib olgan. Ushbu muammo Hairgate (AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson bilan bog‘liq Uortergeyt mojarosiga kinoya qilib atalgan) degan nom ham olgan. Biroq Apple bu shikoyatlarga hech qanday munosabat bildirmagan.

Mavzuga oid