Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada ko‘chki qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
AQShning Kaliforniya shtatida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 17 nafarga yetdi. Santa Barbara okrugining sherifi Bill Braun shunday bayonot berdi. Avvalroq, 15 kishi haqida gap ketgan edi, deb yozadi RIA Novosti.
"Biz qayg‘u bilan ma'lum qilamizki, ayni vaqtga kelib, tabiiy ofat qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Yana ikki kishining jasadi bugun kovlab olindi", — degan sherif matbuot anjumanida.
Qayd etilishicha, yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti oqibatida 100 ta turarjoy binosi vayron bo‘lgan.
Amerika ob-havo mutaxassislari Kaliforniyaga kuchli yomg‘irlar oqimi kirib kelayotganidan ogohlantirgan edi. Yaqinda o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rgan hududlarda shiddatli yomg‘irlar sababli ko‘chkilar ro‘y berishi aytilgandi. Shu sababli Janubiy Kaliforniyadan 21 mingga yaqin kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025