Saudiya valiahd shahzodasi faqat o‘ziga bo‘ysunuvchi mini-armiya tuzdi

Foto: Al Jazeera
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon dunyodagi eng yirik xususiy harbiy kompaniya Blackwater kabi mini-armiyani tashkil etdi. Bu haqda Sabq nashri xabar berdi.
“Al-Ajrab qilichi” deb nom olgan tuzilma 2015 yilda shakllantirilgan, biroq qirollik gvardiyasi tarkibida faqatgina valiahd shahzodaga bo‘ysunuvchi bunday bo‘linma borligi hanuzgacha ma'lum bo‘lmagan. Guruh tarkibiga jiddiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan 5 ming askar va zobit kiradi. Ular orasida tezkor javob berish kuchlari, havo desanti, jangovar suzuvchilar, namoyishlarni bostiruvchi, minalardan tozalovchi otryadlar va snayperlar bor.
Nashrning ta'kidlashicha, sara harbiylardan tuzilgan guruhning vazifalariga qirol va valiahd shahzoda, VIP-shaxslar, qirollik qarorgohlarini himoya qilish, qirol va valiahd shahzoda tashkillashtirgan barcha tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash kiradi.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu kuchlar noyabr boshida korrupsiyada ayblanganlarni hibsga olishda ishtirok etgan.
Jangovar otryadning nomi ikkinchi Saudiya Arabistoni davlati asoschisi imom Turki bin Abdulloh bin Muhammad Ol-Saudning (davlatni 1824-1834 yillar boshqargan) qilichi nomiga qo‘yilgan. 19-asrda qilich imom Saud bin Faysal Ol-Saud tomondan Bahraynning o‘shandagi qiroli shayx Iso bin Halifaga berilgan. Qilich hukmron Al-Halifa oilasida 140 yil saqlangan va 2010 yilda Saudiya Arabistonining o‘sha vaqtdagi qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol-Saudga qaytarilgan. Qilich marhum qiroldan uning ukasi, amaldagi qirol Salmonga meros bo‘lib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Mavzuga oid

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

15:27 / 13.05.2025