Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Fan to‘g‘risida“gi qonun qabul qilinadi
13 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha press-brifing muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yilda O‘zbekistonda «Fan to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinadi. Bu haqda xabar bergan Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov «O‘zbekiston Respublikasida Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilinishini ta'kidlab o‘tdi.
«Hozirgi holatda mamlakatda innovatsion sharoit qanday ekanini aniqlash, qaysi sohada innovatsion yondashuv kamligi o‘rganiladi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsion rivojlanishni tartibga solish mexanizmlari ham ko‘rib chiqilmoqda», deb fikr bildirdi vazir o‘rinbosari.
Muhokamada «davlat dasturida ko‘zlangan islohotlarning deyarli barchasi innovatsion yondashuv orqali amalga oshirilishini inobatga olib, vazirlik xalqaro tajribaga ega xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani» ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025