Sport | 20:10 / 14.01.2018
16171
1 daqiqa o‘qiladi

Musobaqada hakamga tekkan sport snaryadi uning hayotiga zomin bo‘ldi 

Foto: trend.az

Chexiya poytaxti Pragada yengil atletika bo‘yicha o‘tgan musobaqada sportchi uloqtirgan yadro hakamga tegib, uning halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda “Blesk” nashri ma'lum qildi. 

Voqea 13 yanvarda yengil atletika majmuasining sport zallaridan birida yuz bergan. Yosh sportchilardan biri yadro yo‘nalishini to‘g‘ri chamalay olmay, uni uloqtirganda, 6 kg.lik snaryad sportchidan bir necha metr narida turgan hakamning ko‘kragiga tekkan.

“Bu baxtsiz hodisa bo‘ldi”, deb aytgan Praganing yengil atletika klubi vakili Martin Svoboda. Zalda bo‘lgan shifokorlarning hakamga ko‘rsatgan tibbiy yordami besamar ketgan. Zarbadan ko‘krak qafasi ezilgan hakam o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid