Jahon | 12:09 / 15.01.2018
13901
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘rta maktabga hujum qilindi, 8 o‘quvchi va bir o‘qituvchi pichoq bilan jarohatlandi

Foto : Andrey Votinov

Rossiyaning Perm shahridagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida kamida besh kishi jabrlandi. Bu haqda «Interfaks» manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea ertalab yuz bergan, shahardagi maktab o‘quvchilari pichoq bilan jarohatlangan.

Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, jabrlanganlar soni besh-sakkiz kishi atrofida.

Mintaqa hududiy xavfsizlik vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Permdagi 127-sonli maktabning bir o‘qituvchisi va besh o‘quvchisi ikki yosh yigitning hujumi oqibatida jabrlangan, ikki shaxs qo‘lga olingan.

«Sakkiz kishi jabrlandi, barchasi tez tibbiy yordam tomonidan olib ketildi. Bu yerda sakkizta tez tibbiy yordam brigadasi ishlamoqda», - degan agentlik suhbatdoshi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid