Sport | 19:08 / 15.01.2018
8656
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 chiptalari uchun rekord darajada arizalar tushdi

Foto: FIFA

FIFA JCh-2018 o‘yinlarini tomosha qilish uchun chiptalarga berilgan arizalar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni taqdim etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda chiptalar savdosining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. U 5 dekabrdan 31 yanvargacha davom etadi. Chiptalar uchun muxlislar tomonidan 3 milliondan ortiqroq zayavkalar qabul qilingan 

Eng ko‘p arizalar rossiyalik muxlislardan tushgan bo‘lib, bu jami arizalarning 62 foizini tashkil qilmoqda. 38% arizalar xorijlik muxlislardan tushgan. Chipta so‘rab murojaat qilganlar orasida yetakchi Germaniya, Argentina, Meksika, Braziliya, Peru, Kolumbiya, AQSh, Ispaniya, Polsha va Xitoy mamlakatlari bor.

13 martdan boshlab chiptalar jonli navbatlar yordamida sotuvga chiqariladi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid