Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 million! Xitoyda o‘tgan yili rekord darajada mashina ortga qaytarib olindi
2017 yilda XXRda xitoylik va xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilar rekord darajada – 20 mln avtomobilni funksional nosozliklar hamda sifat bilan bog‘liq muammolar tufayli ortga qaytarib olishdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 76,8 foizga ko‘proq, deb xabar bermoqda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi.
Mashinalarni bozordan olib qo‘yishga asosiy sabablar orasida – nosoz xavfsizlik yostiqchalari, dvigatel defekti, kamchiligi bo‘lgan yoqilg‘i o‘tkazgich, yurgizuvchi qism, akkumulyator va elektrika tizimidagi nosozliklar bor.
2017 yilda Xitoy bozorida ko‘proq Volkswagen, SAIC, Chevrolet, Audi, Toyota, Honda, Mercedes-Benz modellari ortga qaytarib olindi.
Xitoy sifat nazorati, inspeksiya va karantin bo‘yicha davlat bosh boshqarmasi so‘nggi 12 oyda avtomobillarni ortga qaytarib olish haqida hammasi bo‘lib 250 martadan ko‘proq ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025