Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ekspertlar Toshkent va Xivada turizmni rivojlantirishga yordam berishadi
AQShning Smitson instituti ekspertlari O‘zbekistondagi turizm sanoati holatini o‘rganib, uning keyingi rivojlanishiga doir tavsiyalar berishadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot anjumanida shu haqida xabar berildi.
Mutaxassislar asosiy e'tiborni Toshkent va Xivaga qaratishadi. Ular bu yerlarda qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi va ko‘rsatilgan shaharlardagi turistik infratuzilmani yaxshilashga doir tavsiyalarni tayyorlashadi. Mazkur loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan moliyalashtiriladi.
Institut delegatsiyasi 15 yanvarga qadar Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xususiy turistik agentliklar assotsiatsiyasi, muzeylar va ta'lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Smitson instituti ta'lim va ilmiy tadqiqot tizimida faoliyat yuritadi, uning tarkibidagi muzey kompleksi esa dunyodagi eng yirik eksponatlar, muzey qimmatbaho buyumlari va artefaktlar saqlanuvchi joy hisoblanadi.
Institut O‘zbekistonning kutubxonalari bilan uzviy aloqalar o‘rnatgan. 2011 yildan boshlab respublikaga qator ekspertlar va tadqiqotchilarning tashrifi amalga oshirilgan va san'at, me'morchilik hamda qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash va qayta tiklashga doir tavsiyalar berilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Smitson instituti muzeylar saqlovchisida O‘zbekistonning madaniy va tsivilizatsion merosi bilan bog‘liq 1500dan ortiq artefakt va eksponat mavjud. Bu obektlar institutning Osiyo san'ati muzeylarida namoyish etiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025