Jamiyat | 11:12 / 16.01.2018
12865
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay kompaniyasi 270 ming dollarlik ayollar tuflisini yaratdi

BAAdagi zamonaviy brendlardan biri Jada Dubai olmoslar va yoqutlar, platina va oltin bilan qoplangan ayollar tuflisini yaratdi. Baland poshnali tufli yagona nusxada yaratilgan va 54 karatli oq rangdagi brilliantlar va 416,2 karatli oq yoqutlar bilan bezalgan. Tuflining narxi million dirhamdan ko‘proqni (272 ming dollar) tashkil qiladi. 

Tuflini yaratishga bir yildan ko‘proq vaqt ketgan. Uni yaratish ustida 3 ta davlatdan oltin bo‘yicha mutaxassislar ishlashgan. 

Tufli cheklangan miqdorda chiqarilgan 5 ta tuflidan iborat kolleksiyaga kiradi. Bu kolleksiyadan oltin, platina, 16 ta oq brilliant, 32 ta qora brilliant va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezalgan Grace Kelly tuflisi ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid