O‘zbekiston | 23:27 / 16.01.2018
24697
2 daqiqa o‘qiladi

Ulgurji savdo uchun 3500 EKIH miqdoridagi ustav fondi talabi bekor bo‘lmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvarda «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Farmon matniga ko‘ra, 2018 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinmoqda.

Shuningdek, 2018 yil 1 fevraldan boshlab quyidagi choralar belgilab qo‘yilmoqda:

  • iste'mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi;
  • ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, shundan pul mablag‘lari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinadi.

Mavzuga oid