O‘zbekiston | 00:57 / 16.01.2018
5336
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilda ilk bor "Uzbekistan Tourism Awards" taqdimot marosimi o‘tkaziladi

Foto: KUN.UZ

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilda "Uzbekistan Tourism Awards" taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqida qo‘mita rahbari Aziz Abduhakimov matbuot anjumani vaqtida xabar berdi.  

Ma'lum bo‘lishicha, "Uzbekistan Tourism Awards" taqdimot marosimida respublika bo‘ylab eng yaxshi mehmonxona, eng yaxshi mehmonxona lageri, eng yaxshi gid, eng yaxshi restoran, eng yaxshi motel, eng bloger, eng yaxshi fotosuratchi, eng yaxshi jurnalist kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Hozirda Turizm qo‘mitasi tomonidan mazkur mukofot konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda anjumanda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar qiladi. 

Shuningdek, qo‘mita qoshida maxsus fond tashkil etilgan bo‘lib, turistik imkoniyatlarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shuvchi loyihalar qabul qilinishi ma'lum qilindi. Taklif va loyihalar mazkur fond tomonidan moliyalashtirilib, sovg‘a va grantlar ajratiladi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid