Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PFL muxlislarni stadionga qaytarish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni amalga oshiradi
O‘zbekiston Professional futbol ligasida Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘limi tashkil etildi, deb xabar beradi PFL sayti.
Mazkur bo‘lim o‘z oldiga futbol klublarining muxlislar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish, stadionlarda muxlislarga yaratiladigan sharoitlarni yanada yaxshilash, muxlislar bilan ishlashning yangicha uslublarini joriy etish orqali, ularni stadionga qaytarish hamda futbol klublari muxlislari safini yanada kengaytirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Yuqoridagilarni amalda tadbiq qilish maqsadida, Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘limi vakillari Respublika bo‘ylab futbol klublari muxlislari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 17–20 yanvar kunlari Muxlislar bilan ishlash va sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘limi xodimlari Fazliddin Xojimuhamedov va Aziz Pattaxov Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyurib, «Navbahor», «Neftchi», «Tsementchi» va «Qo‘qon-1912» klublari muxlislari bilan uchrashadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillari muxlislarga tashkilot tomonidan belgilangan vazifalarni yetkazadi, hamda ishqibozlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib chiqadi.
Tashrif yakunida, futbol klublari tomonidan muxlislar bilan ishlashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi
19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi
17:33 / 16.03.2023