Jamiyat | 11:06 / 17.01.2018
11713
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sredit Asia "Parijga sayohat" va boshqa ko‘plab yutuq g‘oliblarini aniqladi

Foto: Credit Asia

Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida Sredit Asia kompaniyasi tomonidan "Parijga sayohat" aksiyasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sredit Asia do‘konlaridan Samsung kompaniyasining televizorlarini xarid qilgan  maxsus aksiya ishtirokchilari qatnashishdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda boshlandi va lotereya o‘yini haqqoniy o‘tishi uchun Sredit Asia kompaniyasi barcha hududlaridagi do‘konlaridan keltirilgan xaridorlar kuponlari sandiqchaga solindi. Eslatib o‘tamiz, lotereya o‘yinida Samsung kompaniyasining qimmatbaho maishiy texnika vositalari – 70 dona changyutgich, 30 dona mikroto‘lqinli pech, 5 dona kir yuvish mashinasi, 3 dona muzlatgich yutuq sifatida qo‘yildi. Eng asosiy sovrin esa - Fransiyaning Parij shahriga ikkita ikki kishilik yo‘llanma.

Foto: Credit Asia 
Foto: Credit Asia 

Yil davomida 7 yarim mingdan ortiq xaridorlar "Parijga sayohat" aksiyasida ishtirok etgan bo‘lib, Tadbirga tashrif buyura olmagan xaridorlar lotereya o‘yinlarining xolis o‘tishini bevosita tomosha qilishlari uchun tadbir ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn efirga uzatildi.

Dastlab sovrinli yutuqlar orasidan 70 dona changyutgichning sohiblari aniqlandi.Tadbir davomida zalga yig‘ilgan mehmonlar lotereya orqali changyutgichlar, mikroto‘lqinli pech, muzlatgich va kir yuvish mashinalarining sohiblarini ham birin-ketin aniqlashdi.   Shuningdek, zalga yig‘ilgan eng faol ishtirokchilar Credit Asia kompaniyasining 300 ming so‘m qiymatidagi maxsus sertifikatlarini ham qo‘lga kiritishdi.

Foto: Credit Asia 

Toshkent shahrining eng yaxshi illyuziyachilaridan biri bo‘lgan Dmitriy Polyakov mehmonlarga ajoyib tomosha namoyish etdi. Sehrgarlik san'atining mohir ustasi o‘z namoyishlari bilan ishtirokchilar va ayniqsa, bolalarga zavq bag‘ishladi.

Lotereya o‘yinining eng kulminatsion nuqtasi - shubhasiz, Parij shahriga ikki kishilik ikkita yo‘llanmaning g‘oliblarini aniqlanishi bo‘ldi. Unga ko‘ra, Axadova Yelena (8696raqamli kupon) hamda Saidrasuleva Sayyera (5226 raqamli kupon) ikki kishilik yo‘llanma g‘oliblari deb topildi.

Foto: Credit Asia 

Credit Asia — maishiy texnikalarning chakana savdosi sohasida ildam rivojlanib borayotgan kompaniyadir. Credit Asia o‘zining ilk do‘konini 1998 yil Toshkentda ishga tushirgan bo‘lib, ayni damda poytaxtda 8 dona do‘kon tarmoqlari mavjud.

Kompaniya o‘z mijozlariga sifatli maishiy texnika vositalarini qulay narxlarda taqdim etadi. Do‘konda siz taniqli kompaniyalarning keng turdagi mahsulotlari bilan yaqinroq tanishish,  o‘z ishining ustasi bo‘lgan sotuvchi-konsultantlar xizmatidan foydalanish imkoniga egasiz. Shuningdek, katta o‘lchamdagi xaridlar mijozlar uyiga ishonchli yetkazib beriladi.

Foto: Credit Asia 
Foto: Credit Asia 

Endilikda sotib olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan oilalar uchun to‘lov rejasi asosida muddatli xarid qilish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Siz ortiqcha ovoragarchiliksiz bir zumda o‘zingiz istagan texnikaning egasiga aylanishingiz mumkin. Buning uchun xaridorlardan faqatgina pasport hamda INN hujjatlari talab qilinadi. Xodimlar esa bir zumda sizga shartnomani tayyorlab berishadi.

Kompaniya joriy yilda ham ajoyib yutuqlardan iborat turli aksiya va tanlovlar o‘tkazishni maqsad qilgan. Xonadoningiz uchun yuqori sifatli maishiy texnika jihozlarini sotib oling yoki muddatli to‘lov asosida xarid qiling.

 Credit Asia — xaridorlar talabini qondiruvchi ishonchli tanlov!

Telefon: +99871 140 0011

Cayt: https://www.creditasia.uz

Facebook: https://www.facebook.com/creditasia

Instagram: https://www.instagram.com/creditasia.uz/

Telegram: https://t.me/CreditAsiaStore

Reklama huquqi asosida

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid