1-Respublika Qur'oni karim musobaqasida 5 mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Prezidentining Qur'on musobaqasini o‘tkazishga katta tashabbus ko‘rsatib: “Qur'onni eshitish, eshita olish yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on hech qachon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar, Qur'oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi”, deb aytgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba 1-Respublika Qur'oni karim ochiq tanlovi o‘tkazilishi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Musulmonlari matbuot xizmatiga ko‘ra, Qur'on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxat olish ishlari 15 yanvar kuni yakunlangan. Unga ko‘ra, jami ishtirokchilar soni 5366 nafarni tashkil etgan. Shundan 3263 nafar erkak, 2103 nafari ayol-qiz ishtirokchilar ekan. Bu esa haqiqiy kutilmagan natija, tarixiy voqeadir, deb yozadi O‘zMI matbuot xizmati.
Musobaqalarning o‘tish jarayonlarini kuzata turib, mana shunday fayzu barakotli kunlardan mamnun bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ko‘zlari yosh ila qo‘llarini duoga ko‘tarib, uning shukronasi uchun yaratgan Parvardigorga hamdu sanolar aytishayotgani, bu ishga tashabbuskor bo‘lgan Davlat rahbari, tashkiliy ishlarga bosh bo‘lib turgan olimu ulamolar haqiga duolar qilishmoqda.
Mavzuga oid
10:36 / 27.05.2024
Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi
22:31 / 08.04.2023
Eronlik qori Qur’on musobaqasida 800 ming dollar yutdi
15:06 / 02.11.2021
Bishkekda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi sovrindoriga 1 yillik o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi
11:46 / 01.11.2021