Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cuba Domadores bokschilariga qarshi ringga ko‘tariluvchi sportchilar ma'lum bo‘ldi
O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi WSB – Butunjahon boks seriyasi 8-mavsumida ham ishtirok etishi haqida avval xabar berilgan edi. Terma jamoa bu safar Amerika mintaqasi guruhida kurash olib boradi va o‘zbek bokschilari Cuba Domadores, Veneszuela Caciques va Colombia Heroicos jamoalari bilan bir guruhda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishadi.
O‘zbekiston terma jamoasining yangi mavsumdagi ilk jangi 9-10 fevral kunlari Kubada bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, Uzbek Tigers tarkibida 52 kg vazn toifasida Xudoynazar Fayzov, 60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov, 69 kg.da Mahmud G‘oipov, 81 kg.da Madiyar Saidraximov va +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi. Murabbiylar tarkibi To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jayevdan iborat. Jamoaga Bobir Akbarov rahbarlik qiladi, jamoa shifokori Komiljon Rasulov.
Shu munosabat bilan o‘zbek bokschilari Toshkent viloyati Yangiobod o‘quv bazasida tayyorgarlik mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini o‘tkazishdi. Yig‘inga asosiy, ikkinchi va uchinchi tarkib bokschilari taklif etilgan. Mashg‘ulotlar chog‘ida bokschilarning umumjismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratilgan.
Mashg‘ulotlarning 2-bosqichi 23 yanvarda O‘zbekiston boks federatsiyasida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025