O‘zbekiston | 13:00 / 18.01.2018
74521
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi fojiadan omon qolganlar haqida ma'lumot berildi

Foto: instagram/@askar_aktileu

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusi yonib ketishidan 5 kishi omon qolgan. Viloyat gubernatori Serik Tulenbergenovning ma'lumot berishicha, ularning jarohati og‘ir emas.

«52 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi yengil darajadagi kuyish jarohatlari olgan», — deya Tulenbergenovning so‘zlarini keltirgan Sputnik Kazaxstan agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan, ularning 54 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi, qolgan 3 kishi — qozog‘istonliklar.

Omon qolganlar ro‘yxati:
Pernebekov Maksat (1985 yil tug‘ilgan, Qozog‘iston fuqarosi);
Qirg‘izboyev Nurjon (1968 yilda tug‘ilgan, Qozog‘iston fuqarosi);
Barat Tanatarov (1978 yilda tug‘ilgan, Qozog‘iston fuqarosi);
Mirzahmedov Isroiljon (1980 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi);
Isoqov Ahror (1988 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi).

Bundan avvalgi xabarlarda Chimkent-Samara yo‘nalishida, Aqto‘be viloyatining Irgiz tumani hududida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar bo‘lgani aytilgandi.

Mavzuga oid